Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Bosh direktor yordamchisi

 

Telefon: (0-371) 202-0011 (1003).

Manzil: 100049, Toshkent sh., Farobiy ko'chasi, 333 «A»

Qabul kunlari: Dushanba-juma 9:00 dan 18:00 gacha

Elektron pochta: uzst@standart.uz

Asosiy vazifasi:

  • Bosh direktorning ish kuni rejasini tuzadi (uchrashuvlar, jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli, qo‘ng‘iroqlar va h.k.);
  • Bosh direktor faoliyatini texnik jihatdan ta’minlaydi (transport buyurtmasi, chiptalar, uchrashuvlarni tashkillashtirish);
  • Uchrashuvlar, qabullarda ishtirok etadi, ular yuzasidan bayonnoma va boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi;
  • Bosh direktorning topshirig‘iga asosan alohida masalalarni tizim tashkilotlari xodimlari bilan kelishadi, hamda ularga rahbar topshiriqlari va ko‘rsatmalarini yetkazadi, shuningdek rahbar tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini nazorat qiladi;
  • Bosh direktorga taqdim etish uchun zarur bo‘lgan materiallar, analitik va boshqa ma’lumotlarni yig‘adi hamda rahbarga taqdim etadi.
  • Bosh direktorga ko‘rib chiqish uchun kelib tushgan xat-hujjatlarni qabul qiladi, ro‘yxatdan o‘tkazadi va hisobini yuritadi, ko‘rib chiqish uchun rahbarga kiritadi, kelib tushgan hujjatlarning ish yurituvini olib boradi;
  • Rahbar qabulini tashkillashtiradi va qabulga kiruvchilarni ro‘yxatga oladi;
  • Bosh direktorning topshirig‘iga asosan xatlar, so‘rovnomalar va boshqa hujjatlarni tayyorlaydi;
  • Bosh direktor tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga tayyorgarlik ishlarini amalga oshiradi (zarur materiallarni yig‘ish, qatnashchilarga yig‘ilishning vaqti, joyi va kun tartibi haqida xabar beradi, qatnashchilarni ro‘yxatdan o‘tkazadi) yig‘ilishlarning bayonnomalarini yuritadi va rasmiylashtiradi.