«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2010 yil 10 maydagi
86-son va 2014 yil 31 iyuldagi 207-son qarorlari bilan 23 ta umumiy va 8 maxsus texnik reglamentlar tasdiqlandi.
Bugungi kunda qabul qilingan texnik reglamentlar asosida mahsulot ishlab chiqarayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan mahsulotni tamg‘alashda texnik reglamentni belgilanishi bo‘yicha muammolarga duch kelinmoqda. 
Shu sababli, hamda texnik reglamentlarni tizimlashtirish va xisobini yuritish ishini takomillashtirish, ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlarni yorliqlashda qulaylik yaratish, mahsulot to‘g‘risida aniq axborot berish maqsadida «Texnik reglamentlar. Texnik reglamentlarni belgilanishiga talablar” davlat standarti loyihasi ishlab chiqildi.
Ushbu standart loyihasi bo‘yicha asoslangan taklif va kamchiliklarni quyidagi elektron manzil va telefon orqali berishingiz mumkin.

Yuklab olish uchun: (.doc)(23.6 kb)
Aloqa uchun kontaktlar: 

tr@standart.uz,  202-00-11 (1018)