Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Bosh direktor o'rinbosari

Telefon:  (71) 202-00-11

Qabul kunlari: Dushanba - Juma  9:00 dan 18:00 gacha

Elektron pochta: uzst@standart.uz   

Tarjimai holi:  

1975 yilda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, muhandis-texnolog, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati  O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi a’zosi. 1997 yil Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati:

Mehnat faoliyatini 1997 yilda “Sho‘rtanneftgaz” unitar shu’ba korxonasi gazlarni qayta ishlash tsexida 4-razryadli operatori lavozimidan boshlagan. 1999 yildan “O’zdavstandart” Qashqadaryo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy markazi pullik xizmat ko‘rsatish bo‘limi muhandisi lavozimida ishlagan.

2000-2002 yillarda “O’zdavstandart” Qashqadaryo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy markazi davlat nazorati bo‘limi 2-toifali muhandisi,

2002-2004 yillarda “O’zstandart” agentligi Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i,

2004-2010 yillarda “O’zstandart” agentligi Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati bo‘limi boshlig‘i - boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari - bosh davlat inspektori o‘rinbosari,

2010-2013 yillarda “O’zstandart” agentligi “Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktori,

2013-2017 yillarda “O’zstandart” agentligi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 

2017 y. - h.v. “O’zstandart” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda.