Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Bosh direktor

Sattarov Dilshod Nematovich

1976 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek.

Ma’lumoti oliy. 1998 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2010 yilda – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.    

Mehnat faoliyati:

1998-2002 yy. – AT “Hamkorbank” kredit bo‘limi mutaxassisi, kredit va pul muomalasi bo‘limining yetakchi mutaxassisi, kredit bo‘limi investitsiya sektorining mudiri, qimmatli qog‘ozlar va valyuta nazorati bo‘limi mutaxassisi;

2002-2016 yy. – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sanoatni bazaviy tarmoqlari va yoqilg‘i-energetika kompleksi moliyasi boshqarmasining bosh iqtisodchisi, Sanoatni bazaviy sohalari bo‘limi boshlig‘i, Sanoatni bazaviy tarmoqlari va yoqilg‘i – energetika kompleksi moliyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Yoqilg‘i-energetika kompleksini moliyaviy tartibga solish va geologiya bo‘limining boshlig‘i, Sanoatni bazaviy tarmoqlari va yoqilg‘i – energetika kompleksi moliyasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Yoqilg‘i-energetika kompleksini moliyaviy tartibga solish va geologiya bo‘limining boshlig‘i, Davlat byudjeti Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, G’aznachilik boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari; Sanoatni bazaviy tarmoqlari va yoqilg‘i-energetika kompleksi moliyasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari v.b. – Yoqilg‘i-energetika kompleksini moliyaviy tartibga solish va geologiya bo‘limining boshlig‘i, Sanoatni bazaviy tarmoqlari va yoqilg‘i-energetika kompleksi moliyasi boshqarmasi boshlig‘i – Yoqilg‘i-energetika kompleksini moliyaviy tartibga solish va geologiya bo‘limining boshlig‘i;

2016-2018 yy. – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachilik boshlig‘i – vazir o‘rinbosari;

2018 yil 20 avgustdan – O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori.