«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Davlat standartlarini O'zbekiston Respublikasining butun hududida, kattaliklar birliklari o'lchamlarini topshirish tartibini hamda o'lchov vositalarini sinash, yo’qlamalash va kalibrlash tartibini belgilovchi boshqa me'yoriy hujjatlarni o'z ichiga olgan me'yoriy hujjatlar majmuidir.

O'zbekiston Respublikasi metrologik xizmati quyidagilardan tuzilgan:

  • Metrologik xizmatlar ko'rsatish respublika markazi va hududiy bo'linmalar tarkibidan iborat Davlat metrologiya xizmati;
  • vazirliklar va idoralarning bazaviy metrologik xizmati ;
  • yuridik va jismoniy shaxslar metrologik xizmati .

O'zbekiston Respublikasining milliy etalonlar markazi (MEM)da to'plangan Davlat etalon bazasi o'lchovlar yagonaligi davlat tizimining texnikaviy asosidir. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tekshirish instituti (SMSITI) bosh ilmiy-amaliy markazdir. O'zbekiston Respublikasida o'lchovlar yagonaligini sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va umumiy texnikaviy rahbarlikni Metrologiya bo'yicha boshqarma amalga oshiradi. “O'zstandart” agentligi amaldagi qonunchilikka binoan quyidagilarni amalga oshiradi:

  • O'lchovlar yagonaligini ta'minlash sohasida texnikaviy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta'minlash;
  • Davlat metrologiya xizmatini boshqarish;
  • moddalar va materiallar tarkibi va xususiyatlarining standart na'munalari xizmati (DSSN)ga rahbarlik qilish;
  • O'zbekiston Respublikasi o'lchov vositalari davlat reyestirini yuritish;
  • Davlat boshqaruvi boshqa organlari metrologik xizmatlari bilan xorijiy metrologik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va ilmiy-uslubiy hamjihat harakatlanishlarni amalga oshirish;
  • Davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshiradi.

Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati quydagilarga taalluqlidir:

  • Sog'liqni saqlash, veterenariya, atrof muhitni asrash;
  • moddiy qadriyatlar va energetik zahiralar hisobi;
  • savdo-tijorat, boj, pochta va soliq operatsiyalarini o'tkazish, telekommunikatsion xizmatlar ko'rsatish;
  • zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va reaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo'qotish;
  • davlat mudofaasini ta'minlash;
  • mehnat xavfsizligi va transport xavfsizligini ta'minlash;
  • sertifikatlanayotgan mahsulotning xavfsizligini va sifatini aniqlash;
  • geodezik va gidrometeorologik ishlar;
  • o'lchov vositalarini davlat sinovlaridan, yo'qlamalashdan, kalibrlashdan, ta'mir va metrologik attestatsiyalashdan o'tkazish;
  • foydali qazilmalarni olish;
  • milliy va xalqaro sport rekordlarini ro'yxatdan o'tkazish.