«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



O'zstandar" agentligi O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo'yicha milliy organi bo'lib, amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi faoliyatlarni bajaradi:

  • sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, sertifikatlashtirish o’tkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular to’g’risida rasmiy axborotlar e’lon qilib boradi;
  • sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni Hukumat muhokamasiga taqdim etadi;
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qo’shilish to’g’risida qarorlar qabul qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini o’zaro e’tirof etish to’g’risida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha boshqa davlatlar bilan o’zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi;
  • majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro’yxatini belgilaydi va uni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig’iga kiritadi;
  • sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning, attestatsiyadan o’tkazilgan sifat bo’yicha ekspert-auditorlarning davlat reyestrlarini yuritadi;
  • majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
  • sertifikatlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlari normalari buzilganligi uchun muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik belgilarining amal qilishini to’xtatib turadi hamda ularni bekor qiladi.