«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



“O‘zstandart” agentligi va uning hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshirishlarda o‘rganib chiqiladigan masalalar
A) Ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va texnologik hujjatlarining mavjudligi.
B) Ishlab chiqarilayotgan va o‘zlashtirilayotgan, shu jumladan eksport mahsulotlar, korxonaning ishlab chiqarishga tayyorligi, utillashtirishga mo‘ljallangan mahsulot, mahsulotni tekshirish, sinash va sifatini baholash faoliyatlari, zarur o‘lchash vositalari bilan ta’minlanganligi, ularning holati va davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tganligi, mahsulot namunalarining (etalonlarning) muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi, me’yoriy, konstruktorlik, texnologik va tovarga qo‘shib yuboriladigan hujjatlar, texnologik jihozlar va texnologik intizomga rioya qilinishi, mahsulot sifatini ta’minlash tizimi, mahsulotning texnikaviy darajasi va sifati.
V) Ishlab chiqarilayotgan, tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarish, sinash, saqlash, qayta ishlash jarayonlariga (ish tartibi, tartibotiga) rioya qilinishi, me’yoriy hujjat va tovarga qo‘shib yuboriladigan hujjatlar, mahsulotni tekshirish va sifatini baholash bo‘yicha faoliyati, muvofiqlik sertifikatining mavjudligi.
G) Transportning texnikaviy holati, me’yoriy hujjatlar, metrologiya qoidalari, transportni ta’mirlash va texnikaviy xizmat ko‘rsatish vaqtida standartlar talablari va qoidalariga rioya qilinishi, ehtiyot qismlarga muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi.
D) Mahsulotni saqlash sharoitlari, mahsulotning sifati, mahsulotning me’yoriy hujjat va tovarga qo‘shib yuboriladigan hujjatlar, saqlash sharoitlarida bo‘lgan hujjatlar, muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi, mahsulotni sinovlarini o‘tkazish.
Ye) Mahsulotni ishlatish (iste’mol qilish) sharoitlari va qoidalari, mahsulot va uning me’yoriy va ekspluatatsion hujjatlari.
J) Ta’mirlangan mahsulotlar (xizmatlar), texnologik jihozlar va texnologik intizomga rioya etilishi, me’yoriy, ta’mirlash hujjatlari, ta’mirlangan mahsulotlarni tekshirish, sinash va sifatini baholash faoliyatlari, qo‘llanilayotgan ehtiyot qismlarga muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi.
Z) Ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar, me’yoriy hujjatlar, muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi.