Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



“O‘zstandart” agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan standatlar va o‘lchashlar birliligini ta’minlash sohasida faoliyat yurituvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda o‘tkaziladigan tekshirishlar uchun nazorat
SAVOLNOMASI


Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektni tekshirish maqsadi bilan tanishtirish, tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni ko‘rsatish va tekshirish uchun asos hisoblanuvchi hujjatlarni tilxat asosida topshirish. Tekshirish to‘g‘risida “Tekshirishlarni ro‘yhatga olish kitobi” ga tegishli yozuvlarni qayd etish (Kitob taqdim etilmagan taqdirda bu haqda tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi).
Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt to‘g‘risida ma’lumotlar (Nomi, manzili, faoliyat turi, rahbarlari va h.k.).
Oldingi tekshirishda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etilishi to‘g‘risida ma’lumotlar.
4. Tekshirish maqsadi: standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarini tartibga solishga doir qonun va huquqiy normativ hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini o‘rganish.
5. Tekshirish obe’kti:
O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida” gi, “Metrologiya to‘g‘risida” gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida” gi Qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 2004 yil 6 iyuldagi 318-sonli qarori hamda boshqa qonun va huquqiy normativ hujjatlari talab va shartlari
Tekshirishda o‘rganib chiqiladigan masalalar:
A) Ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va texnologik hujjatlarni mavjudligi.
B) Ishlab chiqarilayotgan va o‘zlashtirilayotgan, shu jumladan eksport mahsulotlar, korxonaning ishlab chiqarishga tayyorligi, utillashtirishga mo‘ljallangan mahsulot, mahsulotni tekshirish, sinash va sifatini baholash faoliyatlari, zarur o‘lchash vositalari bilan ta’minlanganligi, ularning holati va davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tganligi, mahsulot namunalarining (etalonlarning) muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi, me’yoriy, konstruktorlik, texnologik va tovarga qo‘shib yuboriladigan hujjatlar, texnologik jihozlar va texnologik intizomga rioya qilinishi, mahsulot sifatini ta’minlash tizimi, mahsulotning texnikaviy darajasi va sifati.
V) Ishlab chiqarilayotgan, tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarish, sinash, saqlash, qayta ishlash jarayonlariga (ish tartibi, tartibotiga) rioya qilinishi, me’yoriy hujjat va tovarga qo‘shib yuboriladigan hujjatlar, mahsulotni tekshirish va sifatini baholash bo‘yicha faoliyati, muvofiqlik sertifikatining mavjudligi.
G) Transportning texnikaviy holati, me’yoriy hujjatlar, metrologiya qoidalari, transportni ta’mirlash va texnikaviy xizmat ko‘rsatish vaqtida standartlar talablari va qoidalariga rioya qilinishi, ehtiyot qismlarga muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi.
D) Mahsulotni saqlash sharoitlari, mahsulotning sifati, mahsulotning me’yoriy va tovarga qo‘shib yuboriladigan hujjatlar, saqlash sharoitlarida bo‘lgan hujjatlar, muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi, mahsulotni sinovlarini o‘tkazish.
Ye) Mahsulotni ishlatish (iste’mol qilish) sharoitlari va qoidalari, mahsulot va uning me’yoriy va ekspluatatsion hujjatlari.
J) Ta’mirlangan mahsulotlar (xizmatlar), texnologik jihozlar va texnologik intizomga rioya etilishi, me’yoriy, ta’mirlash hujjatlari, ta’mirlangan mahsulotlarni tekshirish, sinash va sifatini baholash faoliyatlari, qo‘llanilayotgan ehtiyot qismlarga muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi.
Z) Ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar, me’yoriy hujjatlar, muvofiqlik sertifikatlarini mavjudligi.
6. Tekshirish natijalari bo‘yicha 2 nusxada dalolatnoma tuzilib, unga zaruratga qarab tekshirilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari yoki mansabdor shaxslarining tushuntirish xatlari, tegishli hujjatlar nusxalari ilova qilinib, tekshirish dalolatnomasining 1 nusxasi tekshirish yakunlangan kun sub’ekt rahbariga uni olganligi to‘g‘risida imzo bilan qoldiriladi.
Tekshirish natijasiga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma beriladi.