«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Me’yoriy hujjatlar, uskunalar, texnologiyalar, tekshiruv, sinov, sertifikatlashtirish usullari ishlab chiquvchilarining e’tiboriga

“Ilg‘or xalqaro tajriba kriteriylarini hisobga olgan holda, texnologik uskunalarning energosamaradorlik parametrlarini aniqlash metodologiyasi” “O‘zstandart” agentligining 11.09 2015y. 491-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Metodologiya energiya iste’mol qiladigan uskunalarni ishlab chiqish, ulardan foydalanish, ta’mirlashda birlamchi va ikkilamchi energetik resurslarni olish, ishlab chiqarish, saqlash, transportda tashish, ishlatish bilan bog‘liq loyiha, me’yoriy va texnologik hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etadigan mutaxassislar tomonidan foydalanish uchun, shuningdek sanoat tarmoqlarida me’yoriy hujjatlar, uskunalar, texnologiyalar, tekshiruv, sinov, sertifikatlashtirish usullari ishlab chiquvchi mutaxassislar tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ushbu metodologiya qoidalari tavsiyaviy hisoblanadi.