«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



"O'zstandarti" agentligi standartlashtirish va metrologiya xududiy boshqarmalari (SMB)o'z vakolati doirasida biriktirilgan xududda (viloyatda) standartlashtirish, metrologiya bo'yicha olib borilayotgan ishlarning o'rnatilgan qoidalarga muvofiqligi yuzasidan muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshiruvchi Davlat boshqaruv organlaridir.

"O'zstandarti" agentligi standartlashtirish va metrologiya xududiy boshqarmalarining asosiy vazifalar:

  • "Standartlashtirish to’g’risidagi", "Metrologiya to’g’risidagi", Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasining qonunlarini amalda ruyobga chiqarilishini ta’minlash;
  • Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo’yicha xalqaro standartlarni qo’llash asosida mahsulotlar sifatini va  ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • Standartlashtirish, o’lchash birligini, sertifikatlashtrish tizimlari faoliyati ko’rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotni tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo tizimlar va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg’unlashtirilishini ta’minlash;
  • Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, o’lchash ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish. 

"O'zstandarti" agentligi standartlashtirish va metrologiya xududiy boshqarmalarining quyidagi funktsiyalar:

1. “Standartlashtirish to’g’risida”, “Metrologiya to’g’risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasining qonunlari hamda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasidagi boshqa qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarning amalda ro’yobga chiqarilishini ta’minlash borasida:

  • Davlat, korxonalarning mahsulotlarga tashkilot standartlarini va ularga o’zgartirishlarni, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo’yicha amal qilinadigan hujjatlarni, shuningdek norma va qoidalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish;
  • Bir turdagi mahsulotlar uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo’yicha tarmoq tuzilmalarini tashkil etishga ko’maklashadi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni ta’minlaydi;
  • Sertifikatlashtirish va yuklash-tushirishdan oldin inspektsiya o’tkazish, yuridik va jismoniy shaxslarning laboratoriyalarini attestatsiyadan o’tkazadi;

2. Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, halqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo’yicha xalqaro standartlarni qo’llash asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:

  • Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va mahsulotlar sifatini boshqarish tiziimni joriy etish masalalari bo’yicha Buxoro viloyati xududida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlariga o’z vakolatlari doirasida rahbarlik qiladi v a ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • Yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
  • Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo’yicha asosiy yo’nalishlarni, kontseptsiyalarni, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish uchun takliflar tayyorlaydi;

3. Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyati ko’rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning halqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg’unlashtirilishini ta’minlash borasida:

  • Manfaatdor shaxslarni mahsulotlarni, sinov va o’lchash usullarini standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo’yicha me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlaydi, shuningdek mazkur sohalardagi yutuqlarning ilmiy-texnik targ’ibotini amalga oshiradi;

4. Mahsulotlar, ishlar, xizmatlar xavfsizligi va sifati, o’lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasida iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash borasida:

  • O’z vakolatlari doirasida mahsulot sifati va xavfsizligi bo’yicha majburiy talablarni belgilaydi hamda ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • Standartlarga rioya qilish, o’lchashlar va sertifikatlash qoidalarining yagonaligini ta’minlash masalalari bo’yicha nazorat organlari bilan o’zaro hamkorlik qiladi;
  • Me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini, o’lchashlar birligi va ishonchliligi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalari ta’minlanishini tashkil etadi va bu borada davlat nazoratini amalga oshiradi;
  • Davlat metrologiya nazoratini amalga oshiradi.