“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 2017 yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan “Beruniy sharob savdo” ixtisoslashtirilgan sharob savdo bazasida alkogol mahsulotlarini sifati tekshirildi.
Tahlil natijasida baza omborxonasida mavjud “URGANCH SHAROB” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan 6995 dona “Bizning OROM” vinosi, 4305 dona “FAZAN” va 9757 dona “Qora Bayir” arog‘i mahsulotlari davlat standartlari talablariga muvofiq emasligi aniqlandi 
Bundan tashqari savdo do‘konlarida aholiga sotilayotgan alkogol mahsulotlari tekshirilganda “URGANCH SHAROB” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan “URGANCH” oddiy arog‘i, “Zolotaya marka” va “GOLD BRAND” likyoraroq mahsulotlari davlat standartlari talablariga muvofiq emasligi aniqlandi. Tekshirishda O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi” Qonunining 4-moddasi va “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi buzilganligi aniqlandi.
Aniqlangan sifatsiz alkogol mahsulotlari savdo tarmog‘idan olinib qayta ishlash uchun ishlab chiqaruvchiga qaytarildi.
Iste’molchilarni sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan ta’minlash, sifatsiz alkogol mahsulotlarni savdo tarmog‘iga kelib tushishini oldini olish maqsadida, “URGANCH SHAROB” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va mas’ullarga nisbatan chora ko‘rish yuzasidan tegishli vakolatli idoralarga natijalari bo‘yicha xulosalar yuborildi.