“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan joylarda Sayyor qabullarni o‘tkazish reja asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Shunday tadbirlarning navbatdagisi Farg‘ona viloyatida tashkil etildi.
Sayyor uchrashuvini Bag‘dod tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.Sh. Soliyev ochib, “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.U. Karimovni tadbir ishtirokchilariga tanishtirdi.

A.U. Karimov so‘zga chiqib, agentlik tomonidan joylarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish, jumladan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishga oid savol yoki muammolariga yechim topish maqsadida xalq bilan muloqotlar tizimli tashkil etilganligini aytib, mazkur Sayyor qabulni aynan ochiq muloqot, savol-javob tariqasida o‘tkazishni taklif etdi.

Ayni paytda sohaga oid qonunchilik normalariga tegishli tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ishlari olib borilayotgani va o‘tkazilayotgan Sayyor qabullarda ko‘tarilgan masalalar, tadbirkorlik sub’ektlarini qiziqtirgan savollar, muammolar inobatga olinib, ularni yechimini topish maqsadida me’yoriy hujjatlarning loyihalariga kiritilishi to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Tadbir ishtirokchilariga sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlarga yaqindan yordam berish hamda ularni o‘ylantirayotgan savollar va murojaatlari har tomonlama o‘rganib shu yerning o‘zida ijobiy javob berish kun tartibidagi muhim masala ekanligiga e’tibor qaratdi.

Sayyor qabul davomida, yig‘ilish ishtirokchilarning sohaga oid qiziqtirgan savollariga javoblar berildi: