“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan, navbatdagi Sayyor uchrashuvi Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida tashkil etildi.

Sayyor uchrashuvini Termiz tuman hokimi Sh.O‘rinov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng uchrashuvda qatnashayotgan “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari J.N.Shukurov so‘zga chiqib, hozirgi kunda Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarga yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarning mohiyati haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek Bosh direktor o‘rinbosari J.Shukurov o‘z so‘zini davom ettirib,“O‘zstandart” agentligi oldida turgan muhim va ustivor yo‘nalishlari hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yurtdoshlarimizga yaqindagina agentlikning tashabbusi bilan qabul qilingan “Halol” standartining ahamiyati xususida va mahsulotlarini xorij bozorlariga eksport qilishni rejalashtirgan korxonalarning rahbar xodimlariga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam haqida yig‘ilganlarga batavfsil axborot berdi.

Sayyor uchrashuviga viloyat va Termiz tumani miqyosida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar taklif etildi. Uchrashuv o‘z maqsad-mohiyatidan kelib chiqqan holda, ochiq va samimiy ruhda tashkil etilgani bois, ishtirokchilar ikkilanmasdan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Sayyor uchrashuvida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot xizmati rahbari A.Rasulov va Surxondaryo Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktorilari va sohalarning mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Albatta, yurtimizning olis hududlarida tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar, ochiq muloqotlar iste’molchilarimiz manfaatlarini himoya qilishga, mahsulotlarni standart talablari asosida ishlab chiqarilishiga va eng asosiysi tadbirkorlarimiz uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratilishiga imkoniyat yaratadi.