Joriy yilning 07 iyun kuni Xorazm standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi xamda Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tashabbusi bilan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi, viloyat o‘rta maxsus ta’limi xududiy boshqarmasi, Urganch davlat universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali va “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat unitar korxonasi Xorazm filiali bilan xamkorliKda urganch shaxar 1-son musiqa va san’at maktabida o‘tkaziladigan “O‘quv asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablari mavzusi”da seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan seminarda Xorazm standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi xamda Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi mutaxasisilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 02 iyundagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘quv asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentining mazmun moxiyati va talablarini tushintirib o‘tildi.
Yig‘ilishi yakunida mavzuga oid savol va takliflar eshitilib, mutaxassislar tomonidan atroflicha javob va tavsiyalar berildi. Seminar baxs va munozaralar asosida qizikarli tarzda yakunlandi.