«O‘zstandart» agentligi respublikamizdagi nufuzli ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun navbatdagi matbuot anjumani tashkil etdi. Matbuot anjumanida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari J.Shukurov va “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining matbuot xizmati rahbari A.Rasulov va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etib, agentlikning xalkaro munosabatlardagi mavqei va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik istiqbollari mavzusida batafsil ma’lumot berdilar.

Anjumanda ta’kidlanganidek, bugungi kunda xalqaro va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 33 ta mamlakat bilan 47 ta bitim va kelishuvlar mavjud. Shundan: 12 ta hukumatlararo va 35 ta idoralararo kelishuvlardir. Kelishuvlar standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarini qamrab oladi.

Muvofiqlikni baholash sohasida Latviyaning “BIOR”, Tailandning Halol ilmiy markazi, Janubiy Koreyaning “KATRI”, Turkiyaning “TURKAK” , Xitoyning “KATARC” va Fransiyaning “Byuro Veritas” tashkilotlari bilan yaqin aloqa o‘rnatilgan.

Metrologiya yo‘nalishida Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot (MOZM), Xududiy metrologiya tashkiloti (KOOMET), Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Halol standart sohasida Islom davlatlarining standartlashtirish va metrologiya instituti (SMIIC) va Turk standartlar instituti bilan aloqalar mavjud.

Yevropaning - Global GAP, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi, Janubiy Koreyaning - KOICA, Germaniyaning - GIZ tashkilotlari bilan soha yo‘lishlarini rivojlantirish bo‘yicha doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 6 oyligida 120 nafar xodim 20 ta yaqin xorijiy davlatlarda soha yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba oshirishdi.

Hozirgi kunda standartlashtirish sohasida Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK), Davlatlararo Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengashi bilan, Buyuk Britaniyaning “Britaniya standartlar instituti”, Xindistonning “Xindiston Standartlar byurosi”, Germaniyaning “Germaniya standartlar instituti”, Malayziyaning “Malayziya standartlar departamenti”, Rossiyaning “Rosstandart”, Turkiyaning “Turk standartlar instituti”, Janubiy Koreyaning “Koreya texnologiyalar va standartlar agentligi”, Singapurning “Spring” va Belorusiyaning “Gosstandart” tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik ishlari olib boriladi.
Ma’lumot uchun:
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) - butun dunyo bo‘yicha xalqaro standartlarni ishlab chiquvchi va nashr etuvchi tashkiloti bo‘lib, 1947 yil Jeneva shaxrida tashkil topgan. ISO tarkibiga kiruvchi milliy standartlashtirish tashkilotlar a’zolar soni 165 ta tashkil etadi. “O‘zstandart” agentligi Xalkaro standartlashtirish tashkilotiga 1994 yili a’zo bo‘lgan. Xozirgi kunda “O‘zstandart” agentligi fondida qabul qilingan 373 ta ISO, 324 ta O`zDSt ISO, 2307 ta GOST ISO standartlar mavjud. Yurtimizdan ISO texnik qo‘mitasiga a’zo qo‘mitalar soni 12 ta. Ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish va standartlardan foydalanish Xalqaro mikyosdagi savdo almashinuvida va o‘zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko‘lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashish, aqliy, ilmiy, texnikaviy va iktisodiy faoliyatlar sohasida xamdo‘stlikni rivojlantirish imkonini beradi.
Davlatlararo Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengash. Kengash 1992 yil 13 martda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Hukumatlari boshliqlari tomonidan imzolangan “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida kelishilgan siyosat yuritish haqida Bitim” ga asosan tuzilgan. Bitim standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha MDH ishtirokchi mamlakatlarining milliy organlari salohiyatlari va resurslarini birlashtirish hamda ushbu sohalarda yagona texnik siyosat yuritish imkonini berdi. Har yili MDH doirasida bir yarim mingdan ko‘p standartlar qabul qilinadiki, ular savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf qilib, MDH mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi uchun sharoit yaratadi.
Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK). Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishlar 1881 yildan boshlangan, chunki bu yili elektrotexnika bo‘yicha birinchi Xalqaro kongress bo‘lib o‘tgan edi. ushbu Tashkilotga 1906 yil asos solingan. Ushbu tashkilot maqsadi elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo‘shni tarmoqlardagi muammolarni standartlashtirish masalalarini hal qilishdir. ISO va MEK faoliyatlari bo‘yicha farqlanadi. MEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari bo‘yicha shug‘ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar bo‘yicha standartlashtirish bilan shug‘ullanadi. MEK tarkibiga kiruvchi milliy qo‘mitalar soni 83 ta tashkil etadi. “O‘zstandart” agentligi 2015 yil Xalqaro elektrotexnika komissiyasiga a’zo bo‘ldi. Agentlik fondida mavjud qabul qilingan GOST MEK standartlar soni 252 tani tashkil etadi.
Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot (MOZM). Ushbu tashkilotga 1955 asos solingan, MOZM tarkibiga kiruvchi milliy metrologiya tashkilotlar a’zolar soni 126 ta. “O‘zstandart” agentligining Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilotga 2001 yil a’zo bo‘lgan. Tashkilotning asosiy maqsadi - davlat metrologik xizmatlarni va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir.
Hududiy metrologiya tashkiloti (KOOMET). KOOMET tarkibiga kiruvchi milliy metrologiya tashkilotlar a’zolar soni 19 ta, KOOMETda mavjud o‘lchash turlari bo‘yicha texnik ko‘mitalar soni 12 ta, “O‘zstandart” agentligi KOOMETga 2004 yil a’zo bo‘lgan. Tashkilotning asosiy maqsadi – xalkaro miqyosda o‘lchashlar natijalrini yagonaligini ta’minlash va muvofiqlashtirish iboratdir.
Yakin kunlarda “O‘zstandar agentligi Islom davlatlarining standartlashtirish va metrologiya instituti (SMIIC) va Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM)ga a’zo bo‘lish arafasida.
Matbuot anjumani so‘ngida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘pgina savollariga javob oldilar.

Axborot xizmati