Joriy yilning 3 avgust kuni “O‘zstandart” agentligi bosh direktori o‘rinbosari J.Shukurov “HeNan WanBang Selected Supply Chain Management Co,,LTD” kompaniyasi xamda Xitoy Muvofiklikni baxolash bo‘yicha milliy akkreditatsiyalash xizmati vakili (CNAS) Chen Jian Xuan raxbarligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi.
Xech kimga sir emas, yildan-yilga O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko‘lam kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko‘tarilib bormoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi xamkorlik aloqalarini yanada rivojlanishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 12 may kuni Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurishi kuchli turtki berdi.
Tadbirda “O‘zstandart” agentligida xam soxa yo‘nalishlarida yuksak salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashda Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha kanselyariyasi bilan xalkaro xamkorlik aloqalari o‘rnatilganligi va joriy yilda “Bir mintaka Bir Makon” dasturi asosida “O‘zstandart” agentligining 100 ga yaqin xodimlari Xitoy Xalq Respublikasida malakasini oshirilganligi qayd etildi.
“HeNan WanBang Selected Supply Chain Management” Co. LTD kompaniyasi hamda Xitoy Muvofiklikni baxolash bo‘yicha milliy akkreditatsiyalash xizmati vakili (CNAS) Chen Jian Xuan xam O‘zbekistonga katta ishonch, hamkorlik va manfaatdorlikka asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga kelganligi, shu maqsadda Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi bilan Buxoro viloyatida xamkorlikda faoliyat olib boruvchi qo‘shma korxona tashkil etish, “Buxoro Agro eksport” erkin iktisodiy zonasida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini shu yerning o‘zida to‘liq laboratoriya sinovlaridan, sertifikatlashtirish hamda Xitoy va boshqa davlatlarga eksport qilish, xalqaro standartlarga javob bera oladigan va yuqori aniqlikda ishlaydigan yangi laboratoriya uskunalarini keltirish xaqida fikrlashdi.
Shuningdek, uchrashuv chog‘ida standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baxolash, sifat milliy infrastrukturasini rivojlantirish, ichki bozorni sifatsiz maxsulotlardan ximoya qilish, axborot texnologiya soxalarida yuksak salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash, xorijiy tajriba oshirish, qo‘shma korxona yuzasidan xamkorlikni yanada rivojlantirish va sifat jixatdan yangi bosqichga ko‘tarish kelishib olindi.
Uchrashuv so‘ngida “HeNan WanBang Selected Supply Chain Management Co. LTD” kompaniyasi xamda Xitoy Muvofiklikni baxolash bo‘yicha milliy akkreditatsiyalash xizmati vakili (CNAS) Chen Jian Xuan “O‘zstandart” agentligi raxbariyatiga iliq qabul uchun minnatdorchilik izhor etdi va o‘z navbatada kelajakda aloqalarni yanada mustahkamlash, Agentlik tizimini rivojlantirishda zarur sharoitlar yaratib berishga tayyor ekanligini bildirdi.
Tadbirda Buxoro viloyati Peshku tuman xokimi A.Nazarov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakili A.Jumanov, “O‘zstandart” agentligi boshqarma boshliqlari hamda tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.