O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PF-5368-sonli “Jismoniy tarbiya va sport soxasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zstandart” agentligining 2018 yil 6 iyundagi 204-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, tizim tashkilotlari xodimlariga “sport sog‘lom turmush tarzi” shiorini targ‘ib etish maqsadida joriy 2018 yilning 10 avgust kuni Sirdaryo viloyati Guliston shaxrida “Sirdaryo SSM” DK, “Andijon SSM” DK, “Farg‘ona SSM” DK, “Namangan SSM” DK, “Olmalik SSM” DK va “Bekobod SSM” DK jamoalari o‘rtasida chorak final bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

“Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi mezbonlik qilgan chorak final o‘yinlarida sportning minifutbol, stol tennisi, 100 metrga yugurish, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha chorak final musobaqalari g‘oliblari aniqlandi.

Guliston shaxrining “Alpomish” sport majmuasida o‘tkazilgan sport o‘yinlarida “Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi jamoasi, sport o‘yinlarining minifutbol va shashka turlarida yarim final bosqichiga chiqishdi.

Mexmon jamoalardan “Andijon SSM” DK jamoasi sport o‘yinlaring stol tennisi turida, “Olmaliq SSM” DK jamoasi shaxmat turida, “Farg‘ona SSM” DK jamoasi esa arqon tortish va 100 metrga yugurish turlarida yarim final bosqichi yo‘llanmalariga ega chiqishdi.

Axborot xizmati