Mustakillik - buyuk ne’matdir! Vatan bu kishi faxrlanishi mumkin bo‘lgan eng qadrli narsadir. Tarixdagi barcha shoirlaru yozuvchilar, olimlaru ziyolilar vatan tuyg‘usini tarannum etganlar, vatanlarini madh qilganlar.  Vatanga xizmat bu har bir vatandoshning shiori bo‘lishi lozim. Ana shundagina buyuk ajdodlarimizga loyiq avlod bo‘lishimiz va ular oldidagi qarzimizni uzishimiz mumkin.

Ayni  kunlarda yurtimizda O’zbekiston Respublikasi  davlat  mustaqilligining  27 yilligini munosib kutib olish va tantanali  ravishda  nishonlash  uchun  har tomonlama  qizg‘in  tayyorgarlik  ko‘rmoqda. “Aziz va yagonamsan,  jonajon O’zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur bayram munosabati bilan joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.  

Shu munosabat bilan 2018 yilning 30 avgust kuni Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasida ham yurtimiz Mustakillik kuni munosabati bilan  mazkur shior asosida tadbir tashkil etildi. 

Tadbirni markaz direktori U.Amirqulov kirish so‘zi bilan ochib, xalqimizning mutaqillikka erishish yo‘lida olib borgan ishlari, shu kunga qadar erishilgan yutuqlar va bugungi kunda yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan ishlar xususida gapirdi. Tadbirda ishtirok etgan barcha xodimlarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, ishlariga omad, oilalariga esa tinchlik-xotirjamlik tiladi. Shuningdek, aziz va muqaddas vatanimiz sha’niga markaz xodimlari tomonidan ham  eng yaxshi fikrlar va tilaklar bildirildi .

Tadbir so‘ngida markaz direktori U.Amirqulov bayram munosabati bilan markazning bir nechta xodimlarini ishdagi xizmatlari va erishgan yutuqlari uchun faxriy yorliq va  sovg‘alar bilan taqdirladi.

Fursatdan foydalanib Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi  jamoasi Respublikamiz xalqini  Mustaqilligimizning 27 yillik qutlug‘ sanasi  bilan tabriklaydi.

Axborot xizmati