“O’zstandart” agentligi  barcha bo‘g‘imidagi mas’ul xodimlar, ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bunday uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad,  ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning oldilarida turgan muammo va murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topishga qaratilgan.

Yaqinda “O’zstandart” agentligi Standartlashtirish boshqarmasi boshlig‘i S. Maqsudov, mutaxassis U.Muhitdinov  va Toshkent shahar Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i vasifasini bajaruvchi J.Habibullaevlar ishtirokida poytaxtimizdagi Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi mas’ullari bilan uchrashdi.

Ochiq va samimiy ruhda tashkil etilgan uchrashuv davomida, zavodga eksport qilish uchun 2 turdagi yangi vagonlar uchun texnikaviy shartlar belgilangan tartibda ekspertiza qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilgani ta’kidlandi. Korxona faoliyati bilan to‘liq tanishildi va yangi me’riy hujjatlar ishlab chiqish, xalqaro standartlar  me’yorlarini qabul  qilish yuzasidan kerakli ma’lumotlar va amaliy yordam ko‘rsatilishiga kelishib olindi.

O’rganish davomida korxona tomonidan ilgari ishlab chiqilgan me’riy hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ham taklif hamda tavfsiyalar berildi.