“O‘zstandart” agentligi Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi xodimlari ishtirokida ta’magirlik, korrupsiya illatlaridan xabardor qilish maqsadida “Korrupsiya taraqqiyotimiz kushandasi” mavzusidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etganlar, markaz xodimlariga ta’magirlik, tanish-bilishchilik va korrupsiya holatlarining ko‘payib ketishi, o‘z-o‘zidan taraqqiyotning tanazzulga olib borishi va bunga hayotdan ko‘plab misollar yordamida o‘z mulohazalarini bildirdilar.

Uchrashuv nihoyasida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.