Hurmatli tadbirkorlar! Joriy yilning 16 avgust kuni Samarqand viloyatining Bulung`ur, Jomboy, Samarqand, Kattaqo`rg`on, Oqdaryo va 17 avgust kuni Tayloq hamda Urgut tumanlarida qishloq xo`jaligi mahsulotlarini eksportga chiqarish masalalariga bag`ishlangan seminar o`tkazish belgilangan.

Ushbu seminar Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari eksportini qo`llab quvvatlash jamg`armasi, shuningdek, viloyatning Savdo-sanoat palatasi, Bojxona boshqarmasi, mutasaddi bank va soliq organlari hamda “O`zstandart” agentligining Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda sinov va sertifikatlashtirish markazi mutaxasislari ishtirokida o`tkaziladi.

Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini eksportga chiqarish masalalari bo`yicha kichik biznes va tadbirkorlik sub`yektlari ushbu seminarlarda ishtirok etish uchun taklif etiladi.