“20 may Butunjaxon metrologiya kuni "Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi" (BIPM) va "Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti" (OIML) tomonidan 2017 yilda “Transport uchun o‘lchashlar” shiori ostida e’lon qilindi va ushbu tashkilot raxbariyati tomonidan shu sana munosabati bilan dunyo metrologlariga murojaatnomalar chop etildi.

Ushbu seminar va ochiq eshiklar kuniga viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari, tadbirkorlar va fuqarolar qatnashdilar.

Seminarga tashrif buyurganlar markazning o‘lchov vositalarini qabul qilish byurosida tadbirkorlar va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.

Shundan keyin seminar qatnashchilari markazning sinov va qiyoslash laboratoriyalari ish sharoitlari hamda ushbu laboratoriyalardagi zamonaviy o‘lchov vositalari va sinov uskunalari bilan markaz mutaxassislari tomonidan yaqindan tanishtirildi. 

 Shu bilan birga tashkil etilgan ochiq eshiklar kuniga tashrif buyurgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 19 ta og‘zaki murojaatlar bo‘lib, ushbu murojaatlarning barchasiga Surxondaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va “Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasi mutaxassislari tomonidan ijobiy javoblar berildi.

Seminar va ochiq eshiklar kuniga tashrif buyurganlar majlislar zaliga taklif qilindi, seminarni “Surxondaryo SSM” DK direktori ochib, barchani “20 may Butunjaxon metrologiya kuni” bilan tabrikladi va viloyat hokimligi mas’ul xodimiga hamda Surxondaryo SMB boshlig‘iga so‘z navbatlari berildi.

Seminar qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi PQ-2935-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017-2020 yillarda “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va kompleks choralar bilan yaqindan tanishtirilib, ushbu Qaror va kompleks choralar ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Metrologiya sohasida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan 3 nafar mutaxassislar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Seminar yakunida sohaga oid yangiliklar, olib borilayotgan ishlar va kelgusida bajariladigan ishlar yuzasidan ma’ruza qilingandan keyin, qatnashchilarning savollariga javoblar berildi.