Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Hayotbek zamin tolasi” fermer xo‘jaligi 51 gektar yer maydoniga ega. 

Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan xo‘jalikda 35 ishchi mehnat qiladi. O‘tgan yili xo‘jalik a’zolari g‘alladan 65 sentnerdan hosil olishga erishdi. Joriy mavsumda yanada barakali hosil olish niyatida barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazmoqda.