“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan 2017 yil 5 yanvarda tasdiqlangan “2017 yil 2-yarim yillikda viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga asosan, joriy yilning 26 may kuni “O‘zstandart” agentligi Matbuot va axborot-tahlil kotibiyati mudiri A.G‘.Rasulov hamda “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining direktor o‘rinbosari A.P.Mustafayevning Sirdaryo viloyati Guliston shahrida faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Sayyor qabul” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda Sirdaryo viloyati Bojxona boshqarmasi, Sirdaryo viloyat Soliq boshkarmasi, Sirdaryo DSENM, Sirdaryo viloyat Guliston shaxar DT Xalq banki, Guliston shaxar TIF Milliy bank, Sirdaryo SMB boshlig‘i va xodimlari, “Sirdaryo SSM” DK direktori va bo‘lim boshliqlari, Guliston shaxrida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, qo‘shma korxonalar vakillari, kichik va o‘rta biznes sub’ektlari, MFY vakillari va jismoniy shaxslar ishtirok etishdi.
A.P.Mustafayev so‘zga chiqib, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan fuqarolarning davlat idoralariga murojaat qilishi, maqsad-muddaolarini amalga oshirilishini ta’minlaydigan tizim yaratilayotganligi, 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingani, Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingani, mahalliy xokimliklarda “xalq qabulxonalari”, vazirlik va idoralarda virtual qabulxonalar tashkil etilgani ana shu maqsadga xizmat qilayotganligini gapirib o‘tdi.
So‘ngra “O‘zstandart” agentligi Matbuot va axborot-tahlil kotibiyati boshlig‘i A.Rasulov so‘z olib o‘z so‘zida “Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, eksportda fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishtirokini xar tomonlama rag‘batlantirish” yo‘nalishida Xukumatimiz tomonidan keng qamrovli ishlar olib borilyotganligi, jumladan 2016 yilning 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4848-sonli Farmoni shu islohotlarning uzviy davomi ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2750-son va 2017 yil 28 apreldagi “O‘zbekiston standartlashrish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2935-sonli qarorlari qabul qilinishi tadbirkorlikni rivojlantirishda muxim axamiyat kasb etishini gapirib o‘tdi.
Shundan keyin sayyor qabul uchrashuvi qatnashchilariga Sirdaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda “Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi faoliyati, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risidagi video-rolik namoyish etildi .
Sirdaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i B.Xamrakulov so‘zga chiqib, boshqarmada bugungi kunda standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarni yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash, alkogol maxsulotlari sifati bo‘yicha davlat inspektorlari, me’eriy xujjatlarni ekspertizasi va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqarmaning normativ hujjatlari Davlat fondi yuritilayotganligi, ishlab chiqaruvchilar hamda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini doimiy ravishda me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi va uning hududiy boshqarmalari huzurida Axborot-ma’lumot konsultativ markazlari tashkil etilganligi, tadbirkorlar uchun elektron kutubxona tashkil etilib, chet el, Davlat va xalqaro standartlar talablarini bepul o‘rganishlari mumkinligini ta’kidladi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish, ularga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida qonun buzilish holatlarini oldini olish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazib borilayotganligi, eksportyor korxonalar bilan amaliy ko‘mak berish rejalarini tuzish va kelishish ishlari yakunlanayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
“Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktori J.Shakarov so‘zga chiqib, markazda yaratilgan barcha qulayliklar, uning tarkibidagi bo‘limlar, sertifikatlashtirish idoralari, sinov va qiyoslov laboratoriyalari tomonidan aholi, tadbirkorlar va kichik biznes vakillariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari haqida aytib o‘tdi. Bugungi kunda markazda maxsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha idora faoliyat ko‘rsatayotganligi va uning akkreditatsiya doirasi barcha mahsulotlarga kengaytirilganligini ta’kidladi. Shuningdek, sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi faoliyat yuritayotganligi va xozirgi kunda idora akkreditatsiya doirasini oziq-ovqat maxsulotlari sifati va xavfsizligi (ISO 22000) hamda energiya tejamkorlik (ISO 50001) menejment tizimlarini sertifikatlashtirish soxasiga kengaytirish ishlari olib borilayotganligini aytib o‘tdi.
Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilarga, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, sifat tizimi to‘g‘risidagi bukletlar to‘plamlari tarqatildi va ishtirokchilarning soxaga oid qiziqtirgan savollariga javob berildi.