Mazkur seminarda Ayitbaev Ruslan, O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligida bo'lim boshlig'i va Abdurahmonov Aziz, O‘zbekiston «SIFAT» markazida bosh mutaxassisining "AKTni joriy etish va rivojlantirish" mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Bundan tashqari, Davlat va xo'jalik boshqaruv organlari operatsion va funktsional jarayonlarini optimallashtirish bo'limi yetakchi mutaxassisi Muxammad Shaikovning "Elektron davlat xizmatlarini ko'rsatish va biznes jarayonlarni optimallashtirish" haqidagi taqdimotini ishtirokchilarga namoyish etdi hamda bu boradagi muammo va takliflar qizg’in muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi va O‘zbekiston “SIFAT”markazida “Elektron hukumat tizimi mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish holati” borasida Iroda To'xtamurotova, "Elektron hukumat" markazi mutaxassisi tomonidan taqdimot orqali batafsil ma’lumot berildi.

Seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan qizg‘in muzokaralar o‘tkazilib, ular natijasida qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Manba:egov.uz