Агентство «УЗСТАНДАРТ»

Узбекское агентство стандартизации,
метрологии и сертификации

OБРАЩЕНИЯ  ГРАЖДАН

Fuqarolarning murojaati



“O‘zstandart” agentligining faoliyati to‘g‘risidagi rasmiy veb-saytda joylashtirilishi zarur bo‘lgan axborot materiallari ro‘yxati
 

1. “O‘zstandart” agentligi, uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar.
2. “O‘zstandart” agentligi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, normativ va boshqa hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
3. “O‘zstandart” agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
4. “O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
5. “O‘zstandart” agentligining davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
6. “O‘zstandart” agentligining faoliyati sohasiga taalluqli bo‘lgan tarmoqning (hududning) holatini va uning rivojlanish sur’atini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar haqidagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
7. “O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
8. “O‘zstandart” agentligida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
9. “O‘zstandart” agentligining rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma tarzidagi axborot (biografik ma’lumotlar, fuqarolarni qabul qilish kunlari va hokazo).
10. “O‘zstandart” agentligining hamda ular tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning telefon raqamlari hamda pochta manzillari, elektron pochta manzillari, ma’lumot xizmati telefonlarining va ishonch telefonlarining raqamlari, jamoat transportining qatnov yo‘llari, to‘xtash joylarining nomlari va yo‘nalish raqamlari.
11. “O‘zstandart” agentligining rahbarlari, shuningdek vakolat berilgan mansabdor shaxslar chiqishlarining hamda bayonotlarining matnlari.
12. “O‘zstandart” agentligi huzurida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot.
13. “O‘zstandart” agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining ro‘yxati.
14. “O‘zstandart” agentligining faoliyati to‘g‘risidagi tahliliy ma’ruzalar hamda axborot tusidagi sharhlar.
15. Arizalarni, takliflarni, shikoyatlarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida axborot.
16. “O‘zstandart” agentligining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovlarni qabul qilish tartibi haqidagi axborot.
17. Kelib tushgan arizalarni, takliflarni, shikoyatlarni, shuningdek “O‘zstandart” agentligining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovlarni ko‘rib chiqishning umumiy natijalari haqidagi axborot.