Qurilishni loyixalashtirish korxonalari diqqatiga:

“O'zstandart” agentligi, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi, Toshkent shaxar, Mirzo Ulug'bek tuman Ravnaq 1”B” manzildagi xududida 4-qavatli ma'muriy va laboratoriya binosi qurish ishlarini rejalashtirgan.

Arxitektura va qurilish loyixalari hamda xarajatlar smetasi hujjatlarini ishlab chiqish uchun ko'rsatiladigan xizmat narxini aniqlash maqsadida, ushbu faoliyat bilan shug'ullanayotgan korxonalarni mazkur loyixa ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish uchun taklif etamiz.

Qurilishi rejalashtirilayotgan bino joyini va mavjud hujjatlar bilan tanishib chiqish imkoniyati mavjud.

Sizdan, o'z imkoniyatlaringizdan kelib chiqgan holda, Loyixani bajarish muddati va bajariladigan ishlar va xizmatlar uchun tijorat taklifi bilan ishtirok etishingiz so'raladi.

Eng qisqa muddat, arzon narx Sifatli xizmat va taklif bergan korxona bilan shartnoma imzolanishini bildirib o'tamiz. Takliflar 2018 yil 2 martgacha qabul qilinadi.

 
Mas'ul: Mamatqulov Ibragim
Telefon: (+99893) 500 02 63