“O‘zstandart” agentligi tizim tashkilotlariga iqtidorli, o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal biladigan, “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalashtirish” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan yosh kadrlar hamda ushbu soha bo‘yicha tahsil olayotgan so‘nggi bosqich talabalarini malaka oshirish va amaliyot o‘tashga taklif qiladi.
Amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tagan, bilim va saviyasi yuqori bo‘lgan intiluvchan talaba yoshlarni mehnat qonunchiligiga muvofiq ishga qabul qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.