Matbuot kotibi

Nomzodga bo‘lgan talablar: Jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli va sohada 3 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi; kompyuter savodxonligi, reportajlar tayyorlash, intervyu olish, "davra suhbat"larini o‘tkazish tajribasi, o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifodalab, axborot materiallarini tayyorlay olishi, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi talab etiladi.

— oylik ish haqi miqdori 3,5 mln. so‘mdan 4 mln. so‘mgacha.

Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis

Nomzodga bo‘lgan talablar: oliy ma’lumotga hamda sohada kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi; kompyuter savodxonligi, mamlakatimizda olib borilayotgan kadrlar siyosatini tushunishi, mehnat qonunchiligini bilishi, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi, xarakteri bosiq va xushmuomala bo‘lishi talab etiladi.

- oylik ish haqi miqdori 3 mln. so‘mdan 4 mln. so‘mgacha.

Lavozim: Bosh yuristkonsult

Nomzodga bo‘lgan talablar: oliy yuridik ma’lumotiga hamda yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi, kompyuter savodxonligi, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatini tushunishi, qonunchilikni hamda o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi, xarakteri og‘ir-bosiq va xushmuomala bo‘lishi talab etiladi.

- oylik ish haqi miqdori 3,8 mln. so‘mdan 4 mln. so‘mgacha.

Murojaatlar 2018 yil 2 fevral kuniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi, 100049, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 333 «A» uy (tel./faks: (998-71) 202-00-11 (ichki 1006, 1000, 1003) yoki e-mail: kadr@standart.uz, uzst@standart.uz elektron) manzili bo‘yicha qabul qilinadi.

Yoningizda pasport va ma’lumotnoma bo‘lishi shart. Nomzodlar bilan suhbat 2018 yil 6 fevral kuni soat 15.00 da “O‘zstandart” agentligi binosida o‘tkaziladi.