O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyuldagi “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan maxsulotlarning turlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 475-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan deklaratsiya qilish orqali mahsulotlarning sifatini baholash imkoniyati kengaytirildi.

Xususan, 12 ta mahsulot turlari ro‘yxatga qo‘shimcha kiritilib, deklaratsiya yo‘li bilan sertifikatlashtiriladigan mahsulotlar ro‘yxati

45 ta pozitsiyaga yoki 60%ga yetkazildi.

Deklaratsiya yo‘li bilan muvofiqlikni baholash “O‘zstandart” agentligining 2005 yil 1 fevraldagi “Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 83-sonli buyrug‘i (Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 6 aprel kuni 1465 tartib raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) bilan tartibga solinadi.