“O‘zstandart” agentligi tomonidan Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi PF-4931-sonli farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazining Buxoro, Qo‘qon, Samarqand, Xorazm hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari qoshida xalqaro talablarga mos keladigan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish markazlari tashkil etildi.

Bugungi kunda qadar “Urgut”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy hududlarida joylashgan va faoliyat yuritib kelayotgan korxonalarning barchasi me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlangan va o‘lchov vositalari hamda sinov uskunalari qiyoslashdan o‘tkazilgan.

Ushbu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xalqaro ISO 9001 standart talablariga muvofiq sertifikatlashtirilgan. Shu bilan birgalikda faoliyat yuritayotgan korxonalarda mavjud sinov laboratoriyalari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar o‘rnatilgan tartibda sertifikatlashtirilgan. 

Buxoro viloyatining G‘ijduvon shahrida ilmiy ishlab chiqarish markazi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu ilmiy ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan hozirgi kunga qadar 30 ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlariga sohaga oid masalalarda konsultativ xizmatlar ko‘rsatildi.