“O‘zstandart” agentligi bosh direktori tomonidan Erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur hududlarda agentlik tomonidan qo‘shma korxonalarni ko‘paytirshga hamda zamonaviy labaratoriyalarni tashkil etishga muhim vazifa sifatida qaralmoqda.
Aynan shu maqsadda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Xaitov Jizzax erkin iqtisodiy xududining Sirdaryo filiali korxonalari rahbariyati vakili Dji Kyuxay janoblari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Xaitov agentlikning vakillari tomonidan erkin iqtisodiy hudud korxonalari faoliyati chuqur o‘rganilib bu borada amaliy hamkorlik istiqbollarini kengaytirishga doimo tayyor ekanligini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida hudud korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan va faoliyat zaruriyati maqsadida chetdan olib kelinayotgan maxsulotlar sifatini nazorat qilish maqsadida, “O‘zstandart” agentligi, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi va Xitoy davlatining «Taizhou YongtongBrass Industry Co.Ltd.,» kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan «SIRDARYO TEST CENTER» ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona faoliyatini rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muxokama etildi.