«QORAQALPOG‘ISTON SINOV VA SERTIFIKATLASHTIRISH MARKAZI» DK LABORATORIYASI

"O‘zstandart" agentligi Qoraqalpog‘iston sinov va sertifikatlashtirish markazi» DK yangi zamonaviy laboratoriyasi binosini qurish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan tashrifida berilgan topshiriqlari ijrosi bo‘yicha dastur doirasida amalga oshirildi.

Jami ajratilgan mablag‘: 3,0 mlrd.so‘m, shundan:
• Qurilish-montaj ishlari uchun - 1,9 mlrd.so‘m
• Jihozlash uchun - 1,1 mlrd.so‘m

Natijada zamonaviy bino barpo etilib, unda quyidagi laboratoriyalar faoliyat olib bormoqda:
• Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash majmuasi
• Fizik-kimyoviy mahsulotlarni sinash laboratoriyasi
• Elektr mahsulotlarni sinash va qiyoslash laboratoriyasi
• Bosim kattaliklarni qiyoslash laboratoriyasi
• Geometrik kattaliklarni qiyoslash laboratoriyasi

Sinov laboratoriyasiga qo‘shimcha 9 ta sinov uskunasi xarid qilinib, laboratoriyaning akkreditatsiya doirasi qo‘shimcha 19 ta sinov turiga kengaytiriladi (shundan 8 tasi xalqaro).

2018-yilda kimyo mahsulotlarini sinash yo‘nalishi bo‘yicha sinov laboratoriyasi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.