“O‘zstandart” agentligi tomonidan GLOBAL G.A.P., va «Halol» standartlari hamda organik sertifikatlashtirish tizimlarining afzalliklarini keng ommaga yetkazish maqsadida 5 fevraldan 21 fevralga qadar Respublikamizinig barcha viloyatlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi mahalliy fermer xo‘jaliklariga, eksport salohiyatini oshirish va mavjud texnik to‘siqlarni bartaraf etishda ko‘maklashish maqsadida, seminarlar tashkil etilmoqda.
Shunga muvofiq , “O‘zstandart” agentligi, Xorazm SMB va Xorazm SSM DK hamkorligida Xorazm viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasida viloyatning tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklar rahbarlariga seminar tashkil qilindi. 

Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 noyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3377-sonli qarori bilan respublikada xalqaro standartlarni, shu jumladan «ISO 22000», «Halol» standartlarini joriy etish belgilanganligi keng miqyosda tushuntirildi.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zstandart” agentligi tomonidan Sog‘liqni Saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Savdo-sanoat palatasi va “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan kelishilgan holda O`zDSt 3286:2018 – “Halol oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha umumiy qo‘llanma” O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti qabul qilindi.

Ushbu standart islom prinsiplari va sharoitlariga binoan, halol mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish, tayyorlash, qayta ishlash, tasniflash, qabul qilish, qadoqlash, tamg‘alash, belgilash, tekshirish, ortish-tushirish, yetkazib berish, tarqatish, saqlash va xizmat ko‘rsatish kabi oziq-ovqat tizimining xar bir bosqichida rioya qilish uchun zarur bo‘lgan umumiy qoidalarni o‘z ichiga oladi. 
Kun tartibidagi Organik sertifikatlashtirishning talablari va GLOBAL G.A.P. standarti yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi standartlashtirish markazi direktori A.Djumanov so‘zga chiqib, standartning talablari, mohiyati va dolzarbligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Kun tartibidagi “Halol” standarti bo‘yicha “O‘zstandart” agentligi SSITI sertifikatlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Saidov so‘zga chiqib, tushunchalar va uning talablari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. 

Mavzu yuzasidan boshqa masalalarga oid savollarga Qishloq va xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi standartlashtirish markazi direktori A.Djumanov va “O‘zstandart” agentligi SMSITI sertifikatlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Saidovlar batavfsil javob qaytardilar.