2017 yil 2 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 aprelida 237-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Muomalaga chiqarilayotgan g’ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to’g’risida”gi Umumiy texnik reglament kuchga kirdi.

Shu sababli, “O’zstandart” agentligi nomiga transport vositalarini sertifikatlashtirish yuzasidan ko’plab murojatlar kelib tushayotganligi sababli, Umumiy texnik reglamentda transport vositalarining muvofiqligini baholashga qo’yilgan asosiy talablar bo’yicha tushuntirishlar berilmoqda.

“O’zstandart” agentligining tushuntirishlari bilan quyidagi ssilkada* tanishishingiz mumkin.

* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.