Joriy yilning 28-29 mart kunlari «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida “O‘zstandart” agentligi tomonidan “O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish. Sifat infratuzilmasi va mahsulotlarni halqaro standartlarga muvofiqligini baholash” mavsuzsida Halqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Ushbu konferensiyada kichik biznes va tabdirkorlik sub’ektlari, sohaga tegishli vazirlik va idoralarning vakillari qatnashdilar.
Konferensiya Halqaro moliya korporatsiyasi, BMT taraqqiyot dasturi, Germaniya fizika-texnika instituti, Turk standartlari instituti, GLOBAL G.A.P. kotibiyati, Halqaro savdo markazi, BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti, Germaniya halqaro xamkorlik jamiyati tashkilotlarining halqaro ekspertlari va boshqa mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirning birinchi kuni umumiy plenar yig‘ilishi o‘tkazildi. Ikkinchi kuni esa sohalar bo‘yicha alohida seksiya yig‘ilishlari o‘tkazildi, jumladan:

  • 1 seksiya. Global G.A.P. standartining O‘zbekistonda tadbiq etish istiqbollari.
  • 2 seksiya. “Halol” sertifikatlashtirish qoidalari
  • 3 seksiya. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish.

Konferensiyada xalqaro ekspertlar tomonidan O‘zbekiston eksport salohiyatini oshirish va jaxon iqtisodiyotida munosib o‘rin egallash uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligi qayd etib o‘tildi. Bu yirik ishlab chiqarish sohasi va xom-ashyo resurlari, qishloq xo‘jaligi sohasi, sayyohlik va boshqa sohalarda sezilarli zahiralarga ega ekanligi va yuqori malakali kadrlar mavjudligi misol bo‘ladi. O‘zbekistonning yirik halqaro loyihalarda ishtirok etishi, xususan, Buyuk Ipak Yo‘lini tiklanishiga doir “bir tasma, bir yo‘l” loyihasida ishtirok etishi xalqaro hamkorlikni kengaytirish va shu tariqa respublikada eksport salohiyatini kuchaytirishga keng imkoniyat yaratib beradi.
Uchrashuv doirasida, O‘zbekistonda eksport salohiyatini kengaytirish iqtisodiyotning rivojlanishi eng muhim ustivor yo‘nalishlaridan biri ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Beshta ustuvor yo‘nalishlar strategiyasini amalga oshirishdan asosiy ko‘zlangan maqsad, tizimni chuqur o‘zgartirish evaziga mahalliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish va 2018-2021 yillar uchun eksport faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Xalqaro konferensiya mutaxassislarning eksport va sifat infratuzilmasi to‘g‘risida zarur bilimlarga ega bo‘lishga, xalqaro ekspertlar bilan yaqindan fikr almashishga, qiziqtirayotgan savollarga javob olishga, eksportni kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va yo‘l xaritalarini ishlab chiqishga imkoniyat yaratdi.