2018 yil 9 aprel kuni Olmaliq shahar «Metallurg» madaniyat saroyida «O'zstandart» agentligining “Respublika SSM” DK direktori o’rinbosari F.V. Samatov boshchiligida «Sayyor qabul» yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda hududda faoliyat olib borayotgan ishlab chiqarish korxonalari, kichik biznes sub’ektlari va eksport qiluvchi korxonalarning vakillari ishtirok etishdi.

“O‘zstandart” agentligi “Respublika SSM” DK direktori o’rinbosari F.V.Samatovni Olmaliqqa qilgan safari davomida “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmatining rahbari A.Rasulov hamrohlik qildi.

F.V.Samatov taklifiga asosan, uchrashuv savol-javob shaklida o‘tkazildi. E’tiborli jihati shundaki, mazkur uchrashuv jarayonida eksport qiluvchi korxonalarning vakillari standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida kechayotgan islohotlar ko‘lami bilan qiziqdilar.

Sayyor uchrashuvda “Olmaliq sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK direktori yig‘ilganlar e’tiboriga hudud miqyosida tadbirkorlar uchun yaratib berilgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berdi. Olmaliq sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan esa qatnashchilar uchun tarqatma va ko‘rgazmali ma’lumotlar taqdim etildi.

Qatnashganlar o’zlarini qiziqtirgan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalariga oid savollarini berishgan bo’lsa, barcha savollarga markaz mutahassislari tomonidan tegishli javoblar olishdi.