“O‘zstandart” agentligi tomonidan xalqimiz va ichki iste’mol bozorlarimizni sifati kafolatlanmagan mahsulotlardan himoya qilish maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda.

Jumladan ko‘plab iste’molchilarimizning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan bozorlarimizda va savdo rastalarida sotilayotgan tarkibiga sun’iiy ravishda 50 foizgacha suv bilan boyitib yoki noma’lum suyuqliklar bilan yaxlatilgan parranda go‘shtlari va uning nimtalaridir.

Mazkur parranda go‘shti tarkibidagi namligini yoki sun’iiy ravishda qo‘shimcha kiritilayotgan og‘irlik bervuchi moddalarni aniqlovchi yoki aksariyat qo‘shilishini ta’qiqlovchi talablar, tahliliy sinov usullari amaliyotga tadbiq etilmagandir.

Bu esa o‘z navbatida parranda go‘shti tarkibidagi sun’iiy qo‘shimachalarni sifatni nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilmayotganligini anglatadi. Bunga chek qo‘yish maqsadida, nazoratni kuchaytirish va ayrim vijdonsiz tadbirkorlarni sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishlarini oldini olish borasida “O‘zstandart” agentligi xorij amaliyotidan kelib chiqqan holda, Parrandachilik sanoati uyushmasi bilan hamkorlikda tovuqlar, jo‘jalar, broyler-jo‘jalarining nimtalari va ularning bo‘laklari uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti O’zDSt 3308:2018 qabul qilingan bo‘lib, ushbu standart Respublikamiz hududida 2018 yil 1 may sanasidan joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti Davlatlararo standart GOST 31962-2013-ning modifikatsiyalangan toifasi bo‘lib, mahalliy tovuqlar, jo‘jalar, broyler-jo‘jalarining nimtalari va ularning bo‘laklari – mahsulotlarini eksportini yanada oshishiga zamin yaratibgina qolmay, iste’molchilarning hayoti, mol mulkiga ziyon keltirmasligiga kafolat bo‘la oladi.