Joriy yilning 03 may kuni “O‘zstandart” agentligiga Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Szin Yuylun raxbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tadbirda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik va manfaatdorlikka asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
“O‘zstandart” agentligi bosh direktori A.Karimov va Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Szin Yuylun o‘rtasidagi suxbatda 2017 yil 12 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi.
Tashrif buyurgan mexmonlarga “O‘zstandart” agentligi faoliyati va soxa yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha prezentatsiya namoyish etildi. Suxbat chog‘ida standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baxolash, sifat milliy infrastrukturasini rivojlantirish, ichki bozorni sifatsiz maxsulotlardan ximoya qilish, axborot texnologiya soxalarida yuksak salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash, xorijiy tajriba oshirish yuzasidan xamkorlikni yanada rivojlantirish va sifat jixatdan yangi bosqichga ko‘tarish kelishib olindi.
Suxbat qizgin savol javoblar va debatlarga boy bo‘ldi.
Uchrashuv so‘ngida Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Szin Yuylun “O‘zstandart” agentligi raxbariyatiga iliq qabul uchun minnatdorchilik izhor etib, kelajakda aloqalarni yanada mustahkamlash, Agentlik tizimini rivojlantirishda zarur sharoitlar yaratib berishga tayyor ekanligini bildirdi.