Respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni raqobatbardoshligini oshirish hamda ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoyalash maqsadida xavfsizlik talablarini belgilovchi 7 ta (moylar, liftlar, gazda ishlaydigan uskunalar, veterinariya dori vositalari, avtomobil va avia yoqilg‘i, portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlovchi uskunalar, go‘sht) umumiy texnik reglamentlar, shuningdek, 1 ta (gaz to‘ldirish kompressorlari) maxsus reglament qabul qilinib, ularning umumiy soni 39 taga yetkazildi.
Yevropa davlatlariga vinomahsulotlarini eksport qilish uchun “VI-1 sertifikati”ni berish bo‘yicha sinov laboratoriyasi va sertifikatlashtirish idorasi tashkil etildi.
Moddiy-texnik bazani rivojlantirish maqsadida 6.7 mlrd. so‘mlik 212 donauskuna xarid qilinib, 372 tasinov metodlari jumladan, 93 taxalqaro metodlar o‘zlashtirildi.
Natijada, Andijonda avtomobil ehtiyot qismlarini, Buxoroda kimyo va idish yuvish mahsulotlarini, Surxondaryoda qishloq xo‘jaligi, meva sabzavot va quritilgan meva mahsulotlari hamda Samarqandda Birlashgan millatlar tashkiloti Yevropa iqtisodiyot komissiyasi (YeEK OON) ning avtomobil mahsulotlariga bo‘lgan
89 ta xalqaro standartlari talablari asosida sinash imkoni yaratildi.
Shuningdek, 8 ta sinov laboratoriyalari halqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilib muvofiqlikni baholash organlari soni 29 taga (12 ta laboratoriya, 1 ta SI, 11 ta SMT va 5 ta POI) yetkazilib, sertifikatlarn i89 ta davlatda tan olish imkoni yaratildi.
Koreya, Malayziya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Germaniya, Armaniston, Qozog‘iston va Belarus davlatlarida 168 nafar mutaxassislar amaliyoto‘tadilar.
Xalqaro tashkilotlardan ekspertlarni jalb etgan holda o‘quv seminarlari tashkil etilib, ularda 50 dan ortiq mutaxassilar ishtiroki ta’minlandi.Buning natijasida 42 ta mutaxassisi xalqaro ekspert-auditorlik maqomigaega bo‘ldilar(20 ta xodim “Halol” standartlari bo‘yicha SMIC reyestriga, 22 xodim ISO 22000 standarti bo‘yicha EOQ reyestriga kiritildi, qolgan mutaxassislarning imtihon natijalari kutilmoqda).
Milliy etalonlarni o‘lchash natijalarini kuzatuvchanligini ta’minlash maqsadida Germaniyaning Fizika-texnikaviy instituti (RTV), Turkiyaning Milliy metrologiya instituti (TÜBİTAK UME) bilan kelishuvlar imzolandi.
1287 ta korxonadalarda SMT joriy etildi va sertifikatlashtirilib, bunday korxonalar soni 6899 taga (eksportyorlar - 578 ta) yetkazildi. 28 ta korxonada oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimi - ISO 22000 standarti joriy qilindi va ularning soni 135 taga yetkazildi.
Shu bilan birga, mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida jami 141 mlrd. 547 mln. 065 ming so‘mlik mahsulot yaroqsiz deb topilgan. Shundan, import mahsulotlari 108 mlrd 967 mln 716 ming so‘m (76,6 %)ni tashkil etadi.
Yaroqsiz deb topilgan mahsulotlarning import qilingan davlatlar Xitoy (68 mlrd.), Malayziya (12,7 mlrd.), Turkiya (9,5 mlrd.), Rossiya Federatsiyasi (3 mlrd.) tashkil etdi.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tkazilgan inspeksion nazorat natijalariga ko‘ra 101 ta muvofiqlikni baholash idoralari akkreditatsiya guvohnomasining amal qilish muddati 10 ish kuniga to‘xtaligan hamda 23 tasining akkreditatsiya guvohnomalari bekor qilingan.