Joriy yilning 21 may kuni “O‘zstandart” agentligida, Xitoy Xalq Respublikasining standartlashtirish boshqarmasi (Standardization administration of China) va Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (China Automotive Technology and Research Center) prezidenti janob Yu.Kai boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif, Xitoy Xalq Respublikasining “Bir mintaqa mir makon” dasturiga doirasida amalga oshirilgan bo‘lib undan ko‘zlangan asosiy maqsad, ikki mamlakat o‘rtasida avtomobil-texnikasi soxasidagi erishilgan yutuqlarni, avtomobillarni xavfsizligi, ekologiyaga ta’siri bo‘yicha sertifikatlashda tajriba almashish, ikki mamlakat o‘rtasidagi avtomobil sohadagi standartlarni uyg‘unlashtirish va savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf qilishdan iborat.
“O‘zstandart” agentligi bosh direktori A.Karimov Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC) prezidenti janob Yu.Kaini tashrif uchun minnatdorligini bildirdi va ushbu tashrif ikki tomonlama hamkorlikni debochasi bo‘lib tomonlar o‘rtasidagi munosabatni sifat jixatdan yangi bosqichga olib chiqishga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Xitoy Xalq Respublikasining standartlashtirish boshqarmasi (SAC) va Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazini “O‘zstandart” agentligi faoliyati bilan yoqindan tanishtirib o‘tilda va mehmonlarni qiziqtirgan sovollar bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv davomida, Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi o‘z faoliyati bilan tanishtirdi, hamda avtomobillarni standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqligini baholash va mutaxasislarni malakasini oshirish bo‘yicha agenlashuv Memorandumi imzolanishiga erishildi.
Uchrashuv Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC) prezidenti janob Yu.Kai “O‘zstandart” agentligi raxbariyatiga iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirib, kelajakda aloqalarni yanada mustahkamlash, Agentlik tizimini rivojlantirishda zarur sharoitlar yaratib berishga tayyor ekanligini bildirdi.