O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.11.2015 yildagi “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 326-sonli va 22.12.2017 yildagi “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1010-sonli qarorlari bo‘yicha Qashqadaryo SMB va Qashqadaryo SSM DK hamkorligida 2018 yil 2 iyun kuni seminar o‘tkazildi.
Seminarda viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan 21 ta avtomobillarga gaz ballonlarini o‘rnatish va sinash shahobchalari vakillari ishtirok etishdi. Seminar ishtirokchilariga boshqarma va markazning tajribali mutaxassislari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 11.11.2015 yildagi № 326-sonli hamda 22.12.2017 yildagi № 1010-sonli qarorlarining mazmun va mohiyati, maqsadi, imkoniyatlari haqida keng tushuncha berib o‘tildi.
Seminar ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Seminar so‘ngida ishtirokchilar tomonidan bu kabi seminarlarni tez-tez o‘tkazib turish taklifi berilib ushbu tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorlichilarini bildirib o‘tishdi.
Seminar ishtirokchilariga Qashqadaryo SMB tomonidan sohaga doir ma’lumotlar ko‘rsatilgan 3 turdagi 60 dona tarqatma materiallar tarqatildi.