Andijon Sinov va sertifikatlashtirish markaziga shahardagi yengil avtomobillarning ichki butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi “Uz-DongYang Ko” qo‘shma korxonasiga XXRning Shanxay shahridagi avtomobil komponentlarini sinovlardan o‘tkazishga ixtisoslashgan, xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tgan “RELIABLI ANALISIS” kompaniyasining vitse prezidenti Viktor Van boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Kompaniya delegatsiyasi va viloyatdagi avtomobilsozlik sohasidagi qo‘shma korxonalarning akkreditatsiyalangan laboratoriyalarining vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda “RELIABLI ANALISIS” kompaniyasi vakillari tomonidan avtomobil komponentlarini test sinovlaridan o‘tkazish bo‘yicha laboratoriya faoliyati yuzasidan ma’lumotlar berilib, ko‘rgazmali ma’lumot taqdim etildi.

Tashrifning ikkinchi kuni “RELIABLI ANALISIS” delegatsiyasi bilan Andijon SSM-DK ning Mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlarini sinash laboratoriyasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda markazning MEMS laboratoriyasining tashkil etilishi, texnik imkoniyatlari, faoliyati va avtomobil komponentlarini sinovlardan o‘tkazish jarayonlari yuzasidan delegatsiya vakillariga ma’lumotlar taqdim etildi. Uchrashuvda markaz va“RELIABLI ANALISIS” laboratoriyasi bilan o‘zaro xamkorlikni yo‘lga qo‘yish, soxa bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qilish masalalari muxokama qilinib, takliflar bildirildi.“RELIABLI ANALISIS” vitse prezidenti Viktor Van bu masalani texnik–iqtisodiy jixatlarini hisobga olgan holda kompaniya rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiqligini ta’kidlab, bu sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni tashkil etish zarurligini ma’lum qildi.