Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi-davlat korxonasining tashabbusi bilan, SMSITI ning kadrlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda Andijon shahrida metrologiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilindi.

Malaka oshirish kurslari “Massa o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” (21.05.2018 y.-09.06.2018 y) va “Hajm o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” (21.05.2018 y. - 02.06.2018 y) ixtisosligi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Kurslarda “O‘zstandart” agentligining Farg‘ona vodiysidagi markazlari, vodiy viloyatlaridagi kalibrlash korxonlarihamda soxa bo‘yicha korxona va tashkilotlardan mutaxassislar ishtirok etdilar. Kurslarda ma’ruzalarni Andijon SSM-DKning malakali mutaxassislari o‘qigan bo‘lib, oraliq va yakuniy imtixonlarni Andijon SSM-DK raxbari I.D.Qosimovva SMSITI yetakchi mutaxassisi Yo.Yoqubjonovlar o‘tkazdilar. Yakuniy nazorat ishlari joriy yilning 9 iyun kuni bo‘lib o‘tdi.

Axborot xizmati