Dunyo bizga, biz esa dunyoga o‘z bag‘rimizni ochdik.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ezgu siyosat tufayli mamlakatimizda yaqin qo‘shnichilik munosabatlari tiklanib bormoqda. Eng muhimi dunyoning rivojlangan davlatlari bilan har tomonlama do‘stlik rishtalari mustahkamlanishiga erishilmoqda.
Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohalari taraqqiyotida xorijiy tajribalarni o‘rganish va maqbullarini amaliyotda joriy etish ijobiy samara beradi.
“O‘zstandart” agentligi ham so‘nggi yillarda ko‘plab xalqaro tashkilotlar bilan do‘stona va manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlarini jahon talablariga olib chiqishdan iborat.
Joriy yilning 25-29 iyun kunlari “O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan Toshkent shahrida Davlatlararo Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengashning navbatdagi 53-sonli bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish doirasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlarning dolzarb masalalari bo‘yicha kengashga a’zo davlatlarning standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash bo‘yicha milliy organlarning rahbarlari qatnashadilar.
Jumladan, Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC), Polsha standartlashtirish qo‘mitasi (PKN), Fransiya Standartlashtirish Idorasi (AFNOR), Turkiya Akrreditatsiya Idorasi (TURKAK), Yevro-Osiyo davlatlari metrologik tashkilotlari hamkorligining hududiy metrologik tashkiloti (SOOMET) kabi xalqaro, mintaqaviy va xorij tashkilotlari vakillari ham ishtirok etdilar.
Ushbu tadbir O‘zbekiston tarixida 1992 yildan buyon birinchi marotaba o‘tkazilmoqda.
Respublikamiz hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur tadbir o‘zining nufuzi va dolzarbligi bilan ahamiyatlidir.

Axborot xizmati