Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tomonidan joylarda axoli bilan ochiq muloqatlar uyushtirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Shu kabi tadbirlarni markazning xizmat ko‘rsatish xududlarida tashkil etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha markazning ma’sul xodimlari ishtirokida Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchik tumanida ochiq muloqat tarzidagi uchrashuv maxallasi raislari, maxalla faollari va axolisi uchun uyushtirildi.
Tashkillashtirilgan uchrashuvning asosiy maqsadi axoli bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlarini yuritish, xalqning murojaatlarini bilan ishlash, markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan metrologik xizmat ko‘rsatish turlari bilan tanishtirish, xonadonlarda o‘rnatilgan maishiy gaz, suv va elektr xisoblagichlarini davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish tartiblari to‘g‘risida uchrashuv davomida keng yoritib berildi. Axolini qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida takliflar belgilab olindi.

Axborot xizmati