“O’zstandart” agentligining “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” Davlat korxonasi, shuningdek  “Respublika SSM” Davlat korxonasi va uning hududiy bo‘linmalarining mutaxasislari delegatsiyasi CATARC (China Automotive Technology & Research Center Co. Ltd.) kompaniyasida elektromagnit mos keluvchanlik bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdi.

O’qish-seminar Xitoy xalq respublikasining CATARC kompaniyasi va “O’zstandart” agentligi o‘rtasida imzolangan Memorandum doirasida 2018 yil 7 avgustdan 15 avgustgacha Tyanzin shahrida o‘tkazildi.

Delegatsiya ishtirokchilari amaliyot davrida “Xitoy avtomobil texnikasini tadqiq qilish markazi” MChJ (CATARC) mutaxasislari bilan birgalikda avtotransport vositalarini elektromagnit mos keluvchanlikka sinash bo‘yicha davlatlararo standartlarni o‘rganib, tahlil qildilar.

Kurs yakuni bo‘yicha mutaxasislarga CATARC “Xitoy avtomobil texnikasini tadqiq qilish markazi” MChJ (China Automotive Technology & Research Center Co. Ltd.) negizida avtotransport vositalarini elektromagnit mos keluvchanlikka sinash sohasida o‘zaro tajriba almashishda ishtirok etganini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.

Axborot xizmati