Mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, el-yurtimizni mustabid tuzum kishanlaridan ozod qilib, erkin va farovon hayot qurish yo‘lini ochib bergan sanaga, O’zbekiston davlat mustaqilligiga 27 yil to‘ldi.

Bayram shukuhi har bir tashkilot, har bir honodonda kezib yuribdi. “O’zstandart” agentligi hamda uning tizim tashkilotlarida ham bayram shukuhi avjida.

Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazida ham bayram munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Uni markaz direktori S.Qo‘shoqov kirish so‘zi bilan ochib, barchani bayram bilan tabrikladi.

Uchrashuvda bayram arafasida Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazining bir guruh xodimlari “O’zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan “Fahriy yorliq”lari bilan taqdirlanganligi soha rivojida yanada g‘ayrat-shijoat bilan ishlashlari ta’kidlab o‘tildi.

Bayram tadbirida Markaz xodimlari orasida turli-tuman  uchrashuvlar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham tizimli o‘tkazib borilishi kelishib olindi.

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Axborot xizmati