Ma’lumki bozorlar har bir yurt va har bir xalqning madaniyatini belgilab beradigan    ma’naviyat maskani hisoblanadi. Shuning uchun yurtimizga tashrif buyurayotgan mehmonlar birinchi navbatda bozorlarimizni  ko‘rishga oshiqadilar.

Tan olib aytish kerak yurtimiz bozorlarining qiyofasi keskin o‘zgardi. Undagi sharoitlar har bir insonni havsini keltiradi.

Ammo yutuqlar o‘zimizniki. Bugungi kunda bozorlarimizda sotuvchi bilan iste’molchilar orasidagi munosabatlarni me’yorga solib turadigan tarozilar masalasida hali-hanuz o‘z yechimini kutayotgan muammolar ham bor.

“O’zstandart” agentligi tomonidan o‘rganilgan tahlillarga ko‘ra, ayni kunlarda Poytaxtimiz dehqon bozorlarida jami 2503 dana tarozilar yetishmaslik holati aniqlandi.

O’rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, dehqon bozorlarda jami 2788 dona tarozilardan foydalanilmokda (shundan 1692 donasi dexqon bozorlari hisobidagi va 1096 donasi esa sotuvchilarning xususiy tarozilari). Yetishmaydigan tarozilar soni 2503 donani tashkil etmokda.

Joriy yilda belgilangan rejaga asosan, Toshkent shahri xududidagi 13 ta bozorlarni 964 dona zamonaviy elektron tarozilar bilan ta’minlash belgilangan edi, ming afsuski bugungi kun holatida 610 dona xarid qilinganligi yoki reja 65 foizga bajarildi xolos.

Bugungi kunda, Toshkent shahri dexkon bozorlarida tarozilar yetishmasligi oqibatida sotuvchilar davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazmasdan shaxsiy tarozilardan foydalanishlariga majbur bo‘lmoqdalar.

Jumladan, «Aviasozlar» bozorida 105 dona, «Askiya» bozorida 35 dona, «Chilonzor» bozorida 46 dona, «Navruz» bozorida 118 dona, «Oloy» bozorida 37 dona, «Sirgali» bozorida esa 91 dona, «Farxod» bozorida 227 dona, «Eski juva» bozorida 162 dona, «Yunusobod» bozorida 118 dona, «Qo‘ylik» bozorida 123 dona, «Qora-qamish» bozorida 34 dona tarozilarga ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.

Bozor rahbarlari tomonidan mazkur muammolarga yechim topilsa iste’molchilarning manfaatlari to‘la ta’minlangan bo‘lur edi.

Axborot xizmati