Joriy yilning 7 noyabr kuni "O‘zstandart" agentligi xodimlari Xitoy Xalq Respublikasining (XXR) Chanchjou shahrida "Bir makon, bir yo‘l" loyihasi bo‘yicha "Sertifikatlashtirish va Akkreditatlash" mavzusiga bag‘ishlangan seminarning ochilish marosimida ishtirok etishdi.

Seminar ochilish marosimida XXR savdo-sotiq aloqalarini tartibga solish boshqarmasining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Chen Haiyang kirish so‘zi bilan chiqish qildi va ishtirok etuvchilar bilan tanishtirdi. Seminarda jami 8 ta davlat, jumladan Shri-lanka, Daminikana, Turkiya, Ekvador, Myanma, Mavritaniya, Belarus va O‘zbekistondan tashrif buyurgan xodimlar qatnashdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, 8 ta davlat ichida, faqat O‘zbekistondan tashrif buyurgan xodimlar ma’ruza bilan chiqishdi.

Ma’ruza davomida O‘zbekiston tomonidan seminar tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirilib, XXR va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo - iqtisodiy, masalalar bo‘yicha bugungi kunda hamkorlik hamda standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar, oldimizga qo‘yilgan muhim ustuvor vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek ma’ruza yakunida bugungi kunda dolzarb bo‘lgan organik mahsulotlarni rivojlantirish va Global G.A.P. tizimini joriy etishni jadallashtirish lozimligi yuzasidan seminar tashkilotchilari bilan hamkorlikda ishlash taklif etildi.